Inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi

Inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi

 

Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman)ning roli va ahamiyati” mavzusida ikki kunlik binar mahorat darslari o‘tkazildi.

Mazkur binar mashg‘ulot “Inson huquqlari milliy tizimi” moduli doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) kotibiyati mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.

Ombudsmanning tarkibiy tuzilmalari va ularning vazifalariga oid batafsil axborot talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi, BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot berildi.

Mahorat darsi yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.