Angliya va Uels Yuridik jamiyati vakillarining Akademiyaga tashrifi

Angliya va Uels Yuridik jamiyati vakillarining Akademiyaga tashrifi

 

Angliya va Uels Yuridik jamiyati vakillari Debra Long va Triana Lenixanning O‘zbekistonda bo‘lishi davomida Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tanishuv tashrifini amalga oshirishdi.

Akademiya rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida xorijiy mehmonlar O‘zbekistonda sud-huquq, yuridik ta’lim, yuristlar malakasini oshirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlar, Akademiya faoliyati, prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar, o‘quv infrastrukturasi hamda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

O‘z navbatida Jamiyat bilan kelgusida yuridik ta’lim va huquqshunos kadrlar malakasini oshirish sohasida amalga oshirish mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.