Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalar va tinglovchilarda hushyorlik va ogohlik kabi tuyg‘ularni mustahkamlash, ularda ekstremizm va boshqa salbiy illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish maqsadida mas’ul mutaxassislar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Jamolov va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi raisi N.Abulxasan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ma’ruzalarda ekspertlar mamlakatimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashning, yoshlarni ma’naviyatga yot, zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashning ahamiyati, globallashuv jarayonlarida ommaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda internet tarmoqlari foydalanuvchilari orasida yoshlarning tobora ortib borayotgan bir sharoitda har bir yoshning yanada hushyor va ogoh bo‘lishini taqozo etishi borasida fikr bildirishdi.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Idoralararo hamkorlik asosida yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda shu kabi tadbirlar muntazam ravishda tashkib etib boriladi.