Korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasi bilan almashish bo‘yicha xorijiy safar

Korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasi bilan almashish bo‘yicha xorijiy safar

 

Yevropa komissiyasining TAIEX INTRA loyihasi doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari D.Turaxanov boshchiligidagi Bosh prokuratura delegatsiyasi Ruminiyaning korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga tanishuv tashrifi o‘tkazilmoqda.

Jumladan, tashrifning birinchi kuni Ruminiyaning korrupsiga qarshi kurashish direktorati (DGA) Bosh direktori o‘rinbosari, politsiya boshlig‘i – komissar Manuel-Elen Popesk xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda komissar xonim Direktorat faoliyati, uning tuzilishi, asosiy funksiyalari va vazifalfr haqida ma’lumot berdi.

Shu kabi, DGA tomonidan korrupsiyaning oldini olish sohasida olib borilayotgan tadqiqot faoliyati batafsil ochib berildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan isloxotlar bilan tanishtirish maqsadida taqdimot o‘tkazilib, shu jumladan unda ushbu sohada prokuratura va boshqa vakolatli organlarning o‘rni ko‘rsati berildi.

Uchrashuv o‘zaro manfaatdorlik va kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish ruhida bo‘lib o‘tdi.