Ruminiya prokuraturasi rahbariyati bilan uchrashuv

Ruminiya prokuraturasi rahbariyati bilan uchrashuv

 

Bosh prokuratura va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillaridan iborat tarkibdagi O‘zbekiston delegatsiyaning xorijiy tashrifi doirasida Ruminiya Bosh prokurori birinchi o‘rinbosari A.Valean va Bosh prokuror maslahatchisi K.Popesku bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda A.Valean tomonidan Ruminiya prokuratura organlari tizimi, prokurorlarning vakolatlari va vazifalar, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilindi.

Shu kabi, K.Popesku tomonidan 2022–2025 yillar uchun ishlab chiqilgan korrupsiyaga qarshi strategiyasi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashga oid uslubiyot asosida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.