Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʼyicha xalqaro konferentsiyada ishtirok etildi

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʼyicha xalqaro konferentsiyada ishtirok etildi

 

Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari Minsk shahrida Belarusь Respublikasi Tergov qoʼmitasi instituti tomonidan tashkil etilgan “Raqamli aktivlardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada ishtirok etishdi.

Ushbu tadbir Belarusь, Rossiya Federatsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi va Qozogʼiston Respublikasining raqamli aktivlar bilan bogʼliq jinoyatlarga qarshi kurashishga ixtisoslashgan yetakchi ekspert va amaliyotchilarni birlashtirish maqsadida tashkil etildi.

Konferentsiyada Belarusь Respublikasi Tergov qoʼmitasi raisi Dmitriy Gora, turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari vakillari, moliyaviy monitoring boʼyicha mutaxassislar, shuningdek, ushbu masala boʼyicha tadqiqot olib borayotgan olimlar va ekspertlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar xalqaro hamkorlik muammolarini, raqamli aktivlarni tartibga solishga muvofiqlashtirilgan yondashuvlar zarurligini, kiberjinoyatlarni tergov qilish boʼyicha tajriba almashish va turli davlatlarning tegishli organlari oʼrtasida tezkor hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar.

Аnjuman natijasiga koʼra, ishtirokchilar raqamli aktivlar bilan bogʼliq jinoyatlarni tergov qilish boʼyicha qimmatli amaliy tajriba almashishdi. Bu boradagi jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun OSINT, raqamli kriminalistika va soliq nazoratining ilgʼor usullarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, raqamli aktivlar muomalasini tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish va bu boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligi qayd etildi.