Sirakuza universiteti (АQSh) Nogironlar huquqlari boʼyicha yuridik klinika vakillari bilan uchrashuv

Sirakuza universiteti (АQSh) Nogironlar huquqlari boʼyicha yuridik klinika vakillari bilan uchrashuv

 

Аkademiyada АQShning Sirakuza universiteti Nogironlar huquqlari boʼyicha yuridik klinika rahbari, professor Maykl Shvarts boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Аkademiya yuridik klinikasi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy-uslubiy yordam koʼrsatish, bu boradagi universitetda erishilgan ijobiy tajribani Аkademiya faoliyatida qoʼllash, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga huquqiy yordam koʼrsatishga oid xalqaro loyihalar doirasida qoʼshma tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv soʼngida xorijiy ekspert Аkademiya yuridik klinikasi faoliyati, xususan, fuqarolarga tinglovchi va talabalar tomonidan begʼaraz huquqiy yordam koʼrsatish boʼyicha ishlab chiqilgan maxsus elektron portal ishi bilan tanishib, klinika faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha oʼz tavsiyalari bilan oʼrtoqlashdi.