Strasburg shahridagi Yevropa Kengashi seminarida ishtirok etildi

Strasburg shahridagi Yevropa Kengashi seminarida ishtirok etildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi vakillari Yevropa Kengashining Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi dasturi doirasida Yevropa Kengashi shtab-kvartirasida (Strasburg, Fransiya) O‘zbekiston delegatsiyasi uchun tashkil etilgan seminarda ishtirok etishdi.

Seminarda prokuratura organlari xodimlari uchun Yevropa Kengashining Markaziy Osiyoda 2020–2023 yillarda qonun ustuvorligini ta’minlash “HELP” (yuridik mutaxassislar uchun inson huquqlari bo‘yicha ta’lim) dasturi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Yevropa Kengashining muhim konvensiyalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish, konvensiyalar mazmunini to‘g‘ri anglash, konvensiya va boshqa xalqaro standartlar talablarini samarali amalga oshirish masalalari yuzasidan Yevropa Kengashi ekspertlari ma’lumotlar berishdi.

Uch kun davom etgan tadbirda Yevropa Kengashining Inson huquqlari va qonun ustuvorligi Bosh boshqarmasi rahbari Frederik Dolt, Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligini ta’minlash “HELP” dasturi koordinatori Kristina Xoxlova, Yevropa Kengashi dasturlarini muvofiqlashtiruvchi rahbari Klaus Noyrikx va bir qator boshqa ekspertlar ishtirok etdi.

Yevropa Kengashi ekspertlari Markaziy Osiyoda qonun ustuvorligi dasturi doirasida O‘zbekiston bilan keyinchalik ham hamkorlik qilishdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.