Akademiya talabalarining “Shon-sharaf” muzeyiga tashrifi

Akademiya talabalarining “Shon-sharaf” muzeyiga tashrifi

 

Talabalarning Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish, xalqimizning urushdagi matonati va jasoratini namoyish etish maqsadida Toshkent shahridagi “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Akademiya talabalari urush davridagi voqealar, harbiy harakatlar va O‘zbekiston xalqining urushdagi hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.

Muzeyda Ikkinchi jahon urushi davridagi muhim hujjatlar, harbiy liboslar, qahramonlik orden va medallari, fotosuratlar va turli asbob-uskunalar ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Bu yerda, shuningdek, frontda jang qilgan hamyurtimizlarning qahramonliklarini eslab, ularning mardonavor kurashganliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular unutilmas taassurotlar qoldiradi.

Talabalariga ushbu muzey ekspozitsiyasi, xususan yurtdoshlarimizning tinchlik va ozodlik yo‘lidagi mardona kurashi, bu yo‘ldagi jasoratlari katta qiziqish uyg‘otdi. Ular muzeydagi eksponatlar orqali urush davrida xalqimiz duch kelgan qiyinchiliklar va shunga qaramay, ko‘rsatgan mislsiz jasoratini o‘rganish imkoniyatiga egadirlar.

Mazkur tadbir yoshlarda o‘z xalqi uchun g‘urur, vatanparvarlik hislarini singdirib, o‘tmishdagi tarixga, tarixiy munosib munosabatni mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.