Saf tayyorgarligi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Saf tayyorgarligi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

 

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, ularni kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 1-kurs o‘quv guruhlari o‘rtasida Saf tayyorgarligi musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbirning ochilishi marosimida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining alohida namunali harbiy orkestri va faxriy qorovuli bo‘linmasi o‘z chiqishlarini namoyish etdilar.

Musobaqa davomida ishtirokchilar “Saf tayyorgarligi”dan saf maydonida guruhning tantanali va saf qo‘shig‘i bilan yurishi bo‘yicha Milliy gvardiya ofitser-xodimlari va harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan hakamlar tomonidan baholandilar.

Unga ko‘ra, natijalar quyidagicha tus oldi:

1-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining “B” potok 3-guruhi;

2-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining rus tili ta’limi guruhi;

3-o‘rin – “Tergov faoliyati” yo‘nalishining “A” potok 3-guruhi.

Tanlov do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi, g‘oliblar esa munosib ravishda diplom, kubok va kitoblar bilan taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlar doimiy tashkil etib kelinadi.