Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (Nizom) asosan dastlabki tanlovdan o‘tgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi:
Harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq;
Harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq.
Nizomning 48-bandiga asosan Akademiyaning “tergov faoliyati” yo‘nalishida maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va test sinovlarida ishtirok etish uchun quyidagi tartibda va miqdorda to‘lov undiriladi:
maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida;
test sinovlarida ishtirok etish uchun test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan (to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar bundan mustasno) bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida.
Maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va test sinovida ishtirok etmagan talabgorlarga to‘lov qaytarilmaydi.
Maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun to‘lov 2024 yil 3 iyun kunigacha qabul qilinadi.
To‘lov bo‘yicha invoys nomzodning shaxsiy kabinetida shaklantirilgan (to‘lovni amalga oshirilishi lozimligi haqida sms yuborilgan).
Shuningdek, “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) joriy yilning 9 iyun kuni Nukus shahri, Toshkent shahar va viloyatlar markazlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Nomzodlar tegishli to‘lovni joriy yil 3 iyunga k,adar amalga oshirishi lozim.
Imtihon o‘tkazish vaqti va manzillari haqida to‘liq ma’lumotni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (www.uzbmb.uz/) maxsus elektron platformasi, shuningdek, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz) orqali tanishib borishingiz mumkin.
Ilova 1: Harbiylashtirilgan
Ilova 2: Harbiylashtirilmagan