O‘zbekiston – Yaponiya: “Yo‘l harakati xavfsizligi” qo‘shma loyihasi amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston – Yaponiya: “Yo‘l harakati xavfsizligi” qo‘shma loyihasi amalga oshirilmoqda

 

Akademiya tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda “Yo‘l harakati xavfsizligi” qo‘shma loyihasi amalga oshirilmoqda.

2023 yilning sentyabr oyida boshlangan loyiha ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun Yaponiyadan 6 nafar xalqaro ekspert jalb qilingan.

O‘tgan davr mobaynida loyiha doirasida bir qator JICA ekspertlari tomonidan O‘zbekistonda, shu jumladan, hududlarga chiqib tahlil va tadqiqot ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi bo‘yicha joriy yil 30 may kuni Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ye.V.Kolenko “Yo‘l harakati xavfsizligi” loyihasi rahbari o‘rinbosari Ch.Vatanabe bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Yaponiyalik ekspertlar tomonidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar hamda loyihani amalga oshirishdagi kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.