Magistraturaning “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha qabul tugashiga 5 kun qoldi

Magistraturaning “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha qabul tugashiga 5 kun qoldi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kunduzgi shakli uchun magistraturaga qabul boshlangani ma’lum qilinadi.

Magistraturaga tanlov vakolatli davlat organlarining surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshiruvchi tuzilmalarida hamda prokuratura organlarida kamida 3 yil xizmatni o‘tagan «Yurisprudensiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega amaldagi xodimlari (harbiy xizmatchilari) orasida o‘tkaziladi.

O‘qishga qabul qilingan xodimlarning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlar 10 maydan 10 iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “mydtm.uz” elektron platformasi (my.uzbmb.uz) orqali taqdim etiladi.

Kirish imtihonlari avgust oyida bir kunda uch bosqichda, ya’ni test shaklida o‘tkaziladigan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va chet tilidan test sinovi orqali amalga oshiriladi.

O‘qish kunduzgi ta’lim shaklida bir yil davomida amalga oshiriladi.

2024/2025 o‘quv yilida Akademiya magistraturasi Tergov faoliyati mutaxassislik bo‘yicha ta’limning kunduzgi shakli uchun jami 47 ta (davlat granti) qabul parametri tasdiqlangan.

Magistraturaning “Prokurorlik faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” hamda “Prokurorlik faoliyati SIRTQI va KЕCHKI” mutaxassisliklariga qabul 10 iyundan – 31 iyulga qadar “mydtm.uz” elektron platformasi (my.uzbmb.uz) orqali tashkil etiladi va bu haqda qo‘shimcha batafsil e’lon beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://lex.uz/uz/docs/6425532.

Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

www.facebook.com/ProsecutorAcademy ,

www.instagram.com/proacademyuz/,

www.twitter.com/ProAcademyUz ,

www.youtube.com/@user-bh7zw2wp9o

https://t.me/TheLawEnforcementAcademy hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.

Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul bilan bog‘liq ma’lumotlarni 71-202-04-96 (ichki: 1795 va 1775) telefon raqami orqali ham bilib olishingiz mumkin.