Lund universiteti professori bilan uchrashuv

Lund universiteti professori bilan uchrashuv

 

Akademiyaga Lund universitetining (Shvetsiya) professori Patrik Olssonning navbatdagi tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Akademiya rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni davom ettirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda tomonlar huquqiy muammolarni o‘rganishda huquq sotsiologiyasining dolzarbligi va ahamiyatini inobatga olib, mazkur mavzuga oid darslikni ishlab chiqishda hamkorlik qilish masalasini kelishib oldilar.

Tashrif doirasida professorga Akademiya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’luot berilib, mehmon Akademiyaning yangi binosi bilan tanishtirildi.

Tashrif yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.