“Crypto Week Uzbekistan” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi

“Crypto Week Uzbekistan” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, “Heemera” va “PraeLegal Uzbekistan” tashkilotlari bilan birgalikda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun “Crypto Week Uzbekistan” nomli xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Ushbu konferensiyada xalqaro ekspertlardan Crystal Blockchain kompaniyasi hamkorlik bo‘limi rahbari Artem Semko va ushbu kompaniyaning savdo bo‘yicha katta mutaxassisi Yelena Ageyonok hamda Trezor (USDT) kompaniyasi vakili Murad Zada ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida qatnashchilar kripto-aktivlar aylanmasi sohasida tergov harakatlarini olib borish, kripto-aktivlarni muzlatish, xatlash va qaytarish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri (blokcheyn) tahlili, maxsus qidiruv tizimlari yordamida kripto-aktivlar oqimini kuzatishda alohida etibor beriladigan holatlar bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Tadbir yakunida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, “PraeLegal Uzbekistan” xalqaro advokatlik firmasi, Crystal Blockchain va Trezor (USDT) kompaniyasi vakilllari va konferensiya qatnashchilari o‘rtasida kripto-aktivlar bilan bog‘liq jinoyatlarda kripto-birjalarga so‘rovlar yuborish, kripto-hamyonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tahlil qilish va kripto-aktivlarni muzlatish hamda qaytarish yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.