Akademiya talabalari inson huquqlari va atrof muhitga masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda ishtirok etishdi  

Akademiya talabalari inson huquqlari va atrof muhitga masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirda ishtirok etishdi  

 

Akademiyaning bir guruh talabalari Yevropa Kengashi hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha komissiya hamkorligida Olmaota shahrida inson huquqlari va atrof-muhit bo‘yicha tashkil etilgan bahorgi maktabda tahmil olishdi.

Mazkur tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 40 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi talabalarni inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi sohasidagi sud amaliyoti bilan tanishtirish hamda ularga sohadagi global o‘zgarishlar va xalqaro huquqiy hujjatlar bo‘yicha har tomonlama ma’lumot berishni ta’minlashdan iborat.

Bahorgi maktabda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining xususiyatlariga e’tibor berilib, olingan bilimlarni qo‘llash va muammoli vaziyatlarni hal qilishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Yevropa sudining sud amaliyoti bilan yaqindan tanishish, talabalarni qiziqtirgan ma’lumotlar bilan almashish va tengdoshlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatish imkonini berdi.

Maktab natijalariga ko‘ra ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.