Jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini metodik ta’minlash tadbirlari davom etmoqda

Jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini metodik ta’minlash tadbirlari davom etmoqda

 

Akademiya ishchi guruhi tomonidan respublikamiz hududlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish faoliyatini metodik ta’minlash tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi sayyor tadbirlar  Buxoro viloyatida tashkil etilib, kriminogen vaziyat ahvoli, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha o‘rganishlar amalga oshirilmoqda.

Akademiya mutaxassislari tomonidan Buxoro viloyati prokuraturasi xodimlari bilan birgalikda viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etgan tadbirda tergov, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyat-qidiruv, terrorizmga qarshi kurashish, jamoat tartibi saqlash, probatsiya xizmati va boshqa mas’ul tarmoqlar faoliyatidagi muammolar o‘rganilib, tahlil qilindi hamda ularning yechimlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Suhbat jarayonida viloyat IIB mas’ul tarmoqlari bilan krimonogen vaziyatni barqarorlashtirishga oid muammolar muhokama qilinib, natijasiga ko‘ra ushbu sohani takomillashtirishga oid taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqildi.