Akademiya tomonidan navbatdagi ekologik tadbir tashkil etildi

Akademiya tomonidan navbatdagi ekologik tadbir tashkil etildi

 

Akademiya tomonidan ekologiya va tabiatni asrash, ekologik madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bular orasida mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan tozalash aksiyalari hamda aholini ekologik xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar, daraxt ekish va boshqalar bor.

Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biri bo‘lgan tabiat va atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ishlar doirasida navbatdagi plogging tadbiri Akademiya xodimlari va talabalari Mirobod va Yakkasroy tumanlarida tashkil etildi.

Plogging – bu yugurish va chiqindilarni yig‘ish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan ekologik harakatdir.

Plogging marafon ishtirokchilari hududni chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirdilar. Tadbir yakunida 100 dan ortiq qopda chiqindilar yig‘ildi va hudud tozalandi. Ishtirokchilarning faolligi va intizomi natijasida tadbir yuqori darajada o‘tkazildi, ishtirokchilarning ekologik madaniyati yanada oshirildi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat atrof muhitni yaxshilashga, balki jamiyatning ekologik savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi. Akademiya kelgusida ham ekologik tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirgan va barcha faol yoshlarni bunday harakatlarga qo‘shilishga chaqirmoqda.