Akademiya tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNT O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda Akademiya talaba va tinglovchilarini sud protsessi (Moot Court) bo‘yicha tanlovga tayyorlash bo‘yicha trening tashkil etildi.
Tadbir maqsadi talabalarni sud jarayoni bo‘yicha xalqaro musobaqalarda, shu jumladan Phillip C. Jessup International Law Moot Court tanlovida ishtirok etishi uchun tayyorlash va xabardorligini oshirish hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Phillip C. Jessup International Law Moot Court tanlovi xalqaro huquq bo‘yicha eng nufuzli musobaqa hisoblanadi. Tanlovda 100 dan ortiq davlatdan 700 ga yaqin yuridik fakultetlar jamoalari qatnashadi.
Mazkur treningda Akademiya talabalari, shuningdek talabalarni mazkur musobaqaga tayyorlashga mas’ul Akademiya o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbir xorijiy ekspert Boston Huquq maktabi professori Djoan Blum tomonidan olib borildi.
Tadbirni Akademiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Kolenko, “Mintaqaviy muloqot” XNNT O‘zbekistondagi filiali rahbari P.Goryup kirish so‘zi bilan ochib berishdi.
Treningda musobaqa tarixi va unda ishtirok etish qoidalari batafsil tushuntirilib, musobaqa doirasida berilgan keys (kazus)lar huquqiy yechimini izlash, bunda elektron axborot resurslaridan foydalanish, muammoli vaziyat bo‘yicha argumentlarni shakllantirish va tizimlashtirish, argumentlarni og‘zaki va yozma bayon etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi