Konferensiyada O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya hamda Shimoliy Kipr Turk Respublikalarining prokurorlar va sudyalarni tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari va prokuratura hamda sud organlarining vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu konferensiyani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad turk davlatlarida fuqarolik qonunchiligi tahlili va ulardagi o‘xshashliklar, prokuratura va sud organlari faoliyatiga elektron-axborot tizimini joriy etish va foydalanish, ilmiy izlanishlar hamda sudya va prokurorlarni o‘qitish sohasidagi elektron axborot texnologiyalarining ahamiyati masalalarini muhokama qilishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari A.Ye.Ibraymov “Prokuratura organlarida elektron axborot tizimlari asosida malaka oshirish jarayonini joriy etish mexanizmlari: ilmiy asoslangan amaliyot va samaradorlik” mavzusida hamda Sh.K.Matchanov “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatida elektron axborot tizimlari” mavzusida ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Konferensiyada turkiy davlatlar fuqarolik qonunchiligi, prokuratura va sud organlari faoliyatiga elektron-axborot tizimini joriy etish va foydalanish, ilmiy izlanishlar hamda sudya va prokurorlarni o‘qitish sohasida elektron axborot texnologiyalarini qo‘llash borasida tajriba almashish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va kelajakda uni yanada boyitishga zamin yaratildi.