O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish  akademiyasida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul 2024 yil 10 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish  akademiyasida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul 2024 yil 10 iyuldan 10 avgustga qadar davom etadi

 

Akademiyada 2024/2025 o‘quv yilidan e’tiboran ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat "60420100 - Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)" yo‘nalishini sirtqi ta’lim shakli joriy etildi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar 10 avgustga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi.

Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992 yil 1 yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

Kirish imtihonlari test sinovlari shaklida “Huquqshunoslik fani” bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, test sinovlarida ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida (170 000 so‘m) to‘lov undiriladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bakalavriatning “60420100 – Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishini sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.