Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Mutaxassisning vazifalari:
Akademiya rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha akademiyada loyihalar bilan ishlash bo‘yicha shartnomaga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar-rejasiga muvofiq, quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda – “xizmatlar”) ko‘rsatish;
– Akademiyaning xalqaro reytinglarga kirish bo‘yicha belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash;
– Akademiyaning xalqaro reytinglarga kirish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish;
– Xalqaro e’tirof etilgan reyting tashkilotlari (Times Nigher Education (THE), Quacquarelli Symonds World University Rankings (QS), GreenMetric, Vebometriks, Academic Ranking of World Universities va boshqalar) oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingi metodologiyasi mezonlarini o‘rganish va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlarni kuzatib borish;
– Xalqaro reytinglar (QS, Vebometriks) platformalarida Akademiyaning ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tartib-taomillarni amalga oshirish;
– Xalqaro reytinglar platformalarida Akademiyaga oid kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati va doirasini aniqlash, Akademiya tarmoqlaridan so‘ralgan ma’lumotlarni shakllantirish, olingan ma’lumotlarni umumlashtirib, platformaga kiritish;
– Akademiyaning xalqaro reytinglarga kirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishini monitoring va nazorat qilib borish
– Xalqaro reytinglar talablariga muvofiq Akademiyaning Barqaror rivojlanish va boshqa turli yo‘nalishlar bo‘yicha siyosati (maqsadlari, strategiyasi)ga oid hujjatlarni ishlab chiqish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
– Akademiya faoliyatining barcha yo‘nalishlarini, shu jumladan statistik va moliyaviy ko‘rsatkichlar, Akademiyaning boshqaruv faoliyatiga oid hujjatlar va ma’lumotlar, Barqaror rivojlanish maqsadlariga oid siyosat va (yillik) hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash va Akademiya saytida chop etib borish
– Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
– Akademiya tarmoqlari bilan birgalikda xalqaro reytinglar talablaridan kelib chiqib ma’lumot va hisobotlarni Akademiya saytini yoritib borish, Akademiya saytini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
– Akademiyaning faoliyatiga oid ko‘rsatkichlar va ma’lumotlarni umumlashtirish, umumlashtirilgan axborotni tahlil qilish, natijasi yuzasidan tegishli ko‘rsatkichlarni yaxshilash choralarini ko‘rish va takliflar kiritish,
– Akademiya xodimlari uchun xalqaro reytinglarga kirish bo‘yicha tadbir va o‘quv seminarlar tashkil etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglar sohasida kamida ikki yillik ish tajribasi;
Mazkur yo‘nalishda tegishli hujjat (sertifikat);
O‘zbek, ingliz, rus tillarini yaxshi bilish.
Bajariladigan ish muddati:
Mazkur ish muddati 3 (uch) oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, shartnoma muddati uzaytirilishi yoxud fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.
To‘lov miqdori:
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,
Ish vaqti: Ish vaqti 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati 25.07.2024 yilga qadar.
Ma’lumot uchun telefon: +99871-202-04-96 (ichki raqam 1918).