Ijtimoiy tarmoqlarda telegram kanali orqali o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi ta’lim muassasalari-2024” tanlovida ta’lim muassasalarining keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlandi.
Bir oy davom etgan tanlovda davlat oliy ta’lim muassasalari kategoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi eng ko‘p ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi.