Belorus Bosh prokuraturasi vakillari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi

Belorus Bosh prokuraturasi vakillari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi

Bosh prokuraturada 23 oktyabr kuni korrupsiyaga, iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga qarshi qaratilgan jinoyatlar, odam savdosi va noqonuniy migratsiya bilan bog'liq jinoyat ishlari bo'yicha jinoiy ta'qibni amalga oshirish va sudlarda davlat ayblovini quvvatlashning muhim masalalari yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda Belorus Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturalari, shuningdek Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbati har ikki mamlakat Bosh prokuraturalari o'rtasida Hamkorlik Kelishuvi va 2018-2019 yillar uchun Hamkorlik Dasturi doirasida tashkil etilgan.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurash, tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish, shuningdek odam savdosi va noqonuniy migratsiya bilan bog'liq jinoyatlarni oldini olish sohasidagi milliy tajribalar bilan o'zaro fikr almashdilar.

Mazkur tadbir jinoyatchilikka qarshi kurashda muhim masalalarni muhokama qilish va o'zaro tajriba almashish uchun imkon berdi.