Akademiya talabalari o‘rtasida “Yoshlarning korrupsiyaga qarshi tashabbuslari bo‘yicha eng yaxshi taqdimot” tanlovi

Akademiya talabalari o‘rtasida “Yoshlarning korrupsiyaga qarshi tashabbuslari bo‘yicha eng yaxshi taqdimot” tanlovi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalari o‘rtasida “Yoshlarning korrupsiyaga qarshi tashabbuslari bo‘yicha eng yaxshi taqdimot” tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda.

Tanlov maqsadi – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yoshlar o‘rtasida ijodiy fikrlash va tashabbuslarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tanlov talablarga korrupsiya muammolarini chuqur tadqiq qilish, innovatsion g‘oyalarni va ushbu illatga qarshi kurashish takliflarini ishlab chiqish, shuningdek loyihalarni boshqarish sohasida o‘z bilim va mahoratini namoyish qilish imkoniyatini beradi.

Tanlov ijodiy fikrlash, guruhda samarali ishlashni rivojlantirishga, bilim, mahorat va tajriba bilan almashish uchun platforma yaratishga qaratilgan.

Tanlov Akademiya talabalari uchun ochiq. Tanlovda talabalar o‘z alohida yoki guruhga birlashib ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etishning asosiy shartlaridan biri loyiha talabnomasining savodli shakllantirilganligi, tahliliy asoslantira olish qobiliyati, muammoni hal qilishda manfaatdorlik va motivatsiya bo‘lishi.

Loyiha mavzulari o‘zida quyidagi jihatlarni qamrab olishi kerak:

  • Korrupsiyaviy holatlarning ehtimolligini jamiyatda kamaytirish uchun odob-axloq qoidalari va qadriyatlarini oldinga surish.
  • Korrupsiyaning oldini olish uchun zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion yondashuvlardan foydalanish.
  • Korrupsiya oqibatlari va unga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ta’lim va targ‘ibot.
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy asoslarni va mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Tanlovda ishtirok etishga xohish bildirgan Akademiya talabalari loyiha talabnomasini 2024 yil 20 avgustga qadar o‘rnatilgan talablar asosida taqdim etishi shart.

Faqat mazkur muddat tamomlanguniga qadar taqdim etilgan talabnomalar ko‘rib chiqiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun anticorcompetition@proacademy.uz manziliga murojat qiling.