Huquqni muhofaza qilish akademiyasida stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul e’lon qilinadi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul e’lon qilinadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi «12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi”, “12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”, “12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya”, “12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi”, “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”, “12.00.08 - Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”, "12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi" va “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)” ixtisosliklari bo‘yicha stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul e’lon qiladi.

Stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar 2024 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, Akademiyaning Ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash markaziga barcha zarur hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.