Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg akademiyasi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg akademiyasi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi

 

O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ijrosi doirasida Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg akademiyasi ilmiy kotibi S.Yu.Melixovning O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga ishchi tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida tomonlar zamonaviy o‘quv dasturlar va ilg‘or xalqaro standartlar asosida tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek S.Yu.Melixov Akademiya faoliyati, prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar, o‘quv infrastrukturasi, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Konstruktiv muloqot yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida faollikni oshirishga kelishib olishdi.