Akademiyaga yangi qabul qilingan talabalar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan tanishtiruv tashkil etildi

Akademiyaga yangi qabul qilingan talabalar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan tanishtiruv tashkil etildi

 

2024/2025 o‘quv yiliga kirish haftaligi doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yangi qabul qilingan talabalari uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo‘yicha tanishuv tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirning maqsadi talabalarni ushbu muhim global maqsadlar bilan tanishtirish va mazkur maqsadlarning amalga oshirilishida talabalarning o’z hissalarini qo‘shishishiga zamin yaratish hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Barqaror rivojlanish maqsadlari 2015-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan va 2030-yilgacha mo’ljallangan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ular global qashshoqlikni tugatish, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish, tinchlikparvar, adolatli va samarali institutlarni yaratishga qaratilgan 17 ta global maqsadni o'z ichiga oladi. Ushbu maqsadlar insoniyat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega va har bir insonning kundalik hayotiga ta'sir qiladi. Akademiya “Samarali boshqaruv” boʻyicha milliy BRM ekspert guruhining ishchi organi hisoblanadi.

Tadbirda BRMning asosiy yo‘nalishlari – iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy inklyuzivlik, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv bilan bog‘liq global va milliy maqsad va vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Akademiya tomonidan BRM yo’nalishida amalga oshiriаyotgan ishlar, loyiha va tashabbuslar to’g’risida batafsil axborot berildi. Bunda Akademiyaning BRM tashabbuslariga talabalar qanday hissa qo’shishi mumkinligi aniq misollar yordamida tushuntirib berildi. Xususan, mas’uliyatli iste’mol, chiqindilarni saralash, energiya, suv va boshqa tabiiy resurslarni tejash, yashil transportdan foydalanish orqali BRM maqsadlariga erishishga hissa qo‘shish ta’kidlandi.

Tadbir yakunida Akademiyaning xalqaro hamkorlik faoliyati, talabalarning xalqaro tanlovlar, loyiha va dasturlardagi ishtiroki masalalari atroflicha yoritildi. Mazkur tadbir talabalarga barqaror rivojlanishning ahamiyati haqida tushunchalari shakllanishiga hamda ularning global maqsadlarni amalga oshirishdagi rolini oshirishga xizmat qiladi.