O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi marketing sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (muddatli shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi marketing sohasida mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (muddatli shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

 

Akademiya haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2022 yil 28 noyabrdagi PF–257-sonli Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda marketing sohasidagi bosh mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Bosh mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

Akademiya rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha akademiyada marketing soxasida xizmat ko‘rsatish haqidagi kelishuvga ilova qilingan bajariladigan ishlar kalendar-rejasiga muvofiq, quyidagi xizmatlarni (keyingi o‘rinlarda – “xizmatlar”) ko‘rsatish:

 - Akademiyani strategik rivojlantirish, moliyaviy mustaqilligini ta’minlash yuzasidan takliflarni ishlab chikish.

- O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha oliy ta’lim muassalarida belgilangan kontraktlarni mikdorini o‘rganib chiqib Akademiya rahbariyatiga yillik kontraktlarni belgilash yuzasidan takliflar kiritish;

- Akademiyani budjetdan tashqari tushumlarni oshirish uchun loyiha va takliflarni ishlab chiqish rahbariyatga kiritish, ijrosini nazorat qilish;

- Akademiya noshirlik faoliyati yo‘lga qo‘yish uchun moliyalashtirish nazorat kilish;

- Akademiyani oliy ta’lim sohasida raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan rahbariyatga takliflarni kiritish;

- Xalkaro va milliy tajribani o‘rganib chiqib Akademiya negizida turli kurslarni tashkillashtirish yuzasidan taklif va loyihalarni ishlab chiqish;

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

- oliy, tugallanmagan oliy ma’lumot va budjet tashkilotlari moliya, ish tajribasi;

- marketing sohasi hujjatlarni ishlab chiqish hamda rasmiylashtirishga oid nizomlar, yo‘riqnomalar va boshqa rahbariy hujjatlarni bilish;

- o‘zbek va rus, ingliz (ustunlik beriladi) tillarini yaxshi bilish.

Bajariladigan ish muddati:

Mazkur ish muddati 6 (olti) oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro muddatli mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

To‘lov miqdori:

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi, to‘lov miqdori tanlov natijalariga ko‘ra uch milliondan o‘n ikki million so‘mgacha.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish.

Ish vaqti: Ish vaqti 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati 16.09.2024 y. (shu kuni ham).

Manzil: Yunusobod tumani, Rixsili, 9.

Tel.: 71-202-04-96 (ichki: 1440: 1443).