Jinoiy statistika bo‘yicha mintaqaviy treningda ishtirok

Jinoiy statistika bo‘yicha mintaqaviy treningda ishtirok

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakili gender masalalariga oid jinoiy statistika bo‘yicha mintaqaviy treningda ishtirok etdi. Tadbir BMTning Giyondlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) tomonidan BMTning Osiyo va Tinch okeani Statistika instituti bilan hamkorlikda Yaponiyada tashkil etildi.

Tadbirda xalqaro ekspertlar va 12 davlatdan kelgan ishtirokchilar, shu jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5- va 16-vazifalariga oid ma’lumotlarni shakllantirishga mas’ul milliy statistika idoralari va boshqa davlat organlari vakillari qatnashdi.

Tadbir ishtirokchilarning milliy, mintaqaviy va xalqaro darajadagi ma’lumotlar va mikrodata yordamida gender va jinoyat bilan bog‘liq Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha salohiyatni oshirish, o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatini berdi.