Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish maqsadida izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida Akademiyada Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika kafedrasi dots.nti, p.f.f.d. (PhD) A.A.Vaxobov ishtirokida “Ko‘nikmalarga asoslangan ta’lim, 4K kreativ salohiyatni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda oliy ta’lim muassasalarida malakali kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuvlardan hisoblangan kompetensiyaga asoslangan ta’limning mazmun-mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari, talabalarda yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan 4K (kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik, kritik fikrlash) modelining asosiy komponentlari, shuningdek yumshoq ko‘nikmalarni shakllantirish usullari haqida batafsil tushuntirish berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar amaliy mashqlarni bajarishga jalb qilindi.
Seminar-trening ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.