“Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida ilmiy-amaliy konferetsiya

“Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida ilmiy-amaliy konferetsiya

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida ilmiy-amaliy konferetsiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi maqsad va vazifalardan kelib chiqib o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilari va tayanch doktorantlari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq tarixi institutining vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada dastlab Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari M.Mamasiddiqov tomonidan Taraqqiyot strateriyasida belgilangan qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ustuvor vazifalari, bu borada oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining tutgan o‘rni to‘g‘risida so‘z yuritilib, bugungi kunda mamlakatimizda “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirish dolzarb ekanligi ta’kinlandi.

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishda davlat va jamoatchilik nazoratini o‘zaro uyg‘unlashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlashda jazoning muqarrarligini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

Tadbir yakunida konferensiyaga ishtiroklari va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.