Manfaatlar to‘qnashuvi qonunchiligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Manfaatlar to‘qnashuvi qonunchiligi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

 

Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlar uchun korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik sohasida huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan seminarda Agentlikning markaziy apparati va hududiy filiallari xodimlari ishtirok etdi.

Seminar Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori T.Safarov tomonidan olib borilib, ishtirokchilarga yangi qabul qilingan «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati, davlat xizmatchilariga o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, uni buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari bo‘yicha haqidagi qoidalarni tushuntirib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumot berildi.