Joriy yilning 16-17 oktyabr kunlari Akademiya rahbariyati va xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan IV Toshkent aksilkorrupsiya forumi ishida ishtirok etishdi.
Forumning dastlabki kuni tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish: strategiyalar va boshqa dasturlar”, “NNTning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ishtiroki: milliy va xorijiy tajriba” hamda “Gender masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” sessiyalarida Akademiyaning professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari ishtirok etib, barcha tadbirlarning muhokamalarida faol qatnashdilar.
Forumning ikkinchi kunida tashkil etilgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qo‘mita raisi N.Umarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi echisi Toivo Klar, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii, BMT Giyovand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Oliver Stolp hamda Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) “Good governance” dasturi rahbari Viktor Kesler kirish so‘zi bilan ochib berishdi.
Yalpi majlisdan so‘ng O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan tashkilotlar va fuqarolarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari Forum doirasida tashkil etilgan 3 ta sessiyalarda, shu jumladan: “Korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi davri: innovatsion texnologiyalar korrupsiyaning oldini olishning samarali vositasi sifatida”, “Korrupsiyaga qarshi madaniyat ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etish vositasi sifatida” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va muvofiqlik tizimlarini joriy etish: muammolar va istiqbollar” nomli sessiyalarda qatnashishdi.