Toshkent shahridagi Inxa universitetida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Toshkent shahridagi Inxa universitetida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

 

Toshkent shahridagi Inxa universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Inxa universitetining rahbariyati, tarmoq rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish va korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-amaliy markazi prokurori B.Bahrombekov “Korrupsiya va unga oid jinoyat turlari, oqibatlari va tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavf-xatarlarni aniqlash va oldini olish" mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada korrupsiyaga oid jinoyatlarning huquqiy asoslari, ularning jamiyatga salbiy ta’siri va manfaatlar to‘qnashuvining oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, tashkilotlarda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlashning samarali usullari va ularning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek manfaatlar to‘qnashuvi va u bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash jarayonida etika va qonunchilikka amal qilishning muhimligini ta’kidlanib, har bir tashkilotda shaffoflikni ta’minlash zarurligi haqida so‘z yuritil. Bunda korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va ularning oldini olish uchun doimiy monitoring va nazorat tizimlarini joriy qilish muhimligiga urg‘u berildi.

Tadbir yakunida qatnashchilar tomonidan tashkilotlarda korrupsiya xavf-xatarlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va choralar muhokama qilindi. Xususan, xodimlar o‘rtasida axloqiy tarbiya va huquqiy bilimlarni kuchaytirish orqali manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, moliyaviy nazorat tizimlarini takomillashtirish kabi mexanizmlarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.