“Ichki ishlar organlarida tergovni tashkil etish masalalari” mavzusida IIO tergovchilari malakasini oshirish kursi o‘tkazildi

“Ichki ishlar organlarida tergovni tashkil etish masalalari” mavzusida IIO tergovchilari malakasini oshirish kursi o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Ichki ishlar organlari tergovchilari uchun “Ichki ishlar organlarida tergovni tashkil etish masalalari” mavzusida malaka oshirish kursining an’anaviy tarzidagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv kursi aralash ta’lim shaklida tashkil etilib, uning yakuniy qismida Akademiyada tinglovchilarga hodisa joyini ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalari, tezkor-qidiruv tadbirlari, ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish, jabrlanuvchining shikoyatiga asosan qo‘zg‘atiladigan jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv faoliyatini tashkil etish, bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishning ayrim masalalari yuzasidan dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Shu bilan birga tinglovchilarga tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan jinoyat protsessida foydalanishni tashkil etish, odam savdosi jinoyatlarini fosh etish bilan bog‘liq tergov harakatlari, raqamli kriminalistika asoslari, firibgarlik jinoyatini tergov qilishning umumiy va maxsus jihatlari, tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, odam savdosi jinoyatlarini tergov qilish taktikasi, ekspertiza tergov harakati, xotin-qizlar va bola huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga oid bilim va ko‘nikmalar berildi.