Manfaatlar to‘qnashuvi qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminarlari davom ettirilmoqda

Manfaatlar to‘qnashuvi qonunchiligini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminarlari davom ettirilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda oldini olish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari, shu jumladan seminar va treninglar o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi o‘quv seminari Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlari uchun tashkil etildi.

Aralash tarzda o‘tkazilgan seminarda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori T.Safarov tomonidan ishtirokchilarga “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, davlat xizmatchilariga o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar, uni buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari bo‘yicha haqidagi qoidalarni tushuntirilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil ma’lumot berildi.