Operator-montajchi vazifasiga tanlov e’lon qilinadi

Operator-montajchi vazifasiga tanlov e’lon qilinadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga operator-montajchi vazifasiga tanlov e’lon qiladi (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida muayyan muddatga).

Akademiya haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi.

Akademiya o‘z faoliyatini ochiq va shaffof tarzda amalga oshiradi. Shu munosabat bilan, ta’lim dargohi imidjini shakllantirish, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda Akademiya tashabbuskorligini ko‘rsatish maqsadida Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga operator-montajchi mutaxassis jalb qilish ehtiyoji mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Operator-montajchi quyidagi vazifalarni bajaradi:

Akademiya Jamoatchilik aloqalar bo‘limida faoliyat yuritadi va bevosita Bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi.

Akademiyadagi ta’lim va ilmiy jarayonlarni video va foto materiallarini syomka qilish, montaj qilish va ularga ishlov berish orqali sifatli media kontentni yaratish.

Akademiya imidjini shakllantirishga xizmat qiladigan sifatli promo-rolik, imidj-rolik, prezentatsion rolik, intervyular, ko‘rsatuvlar, podkastlar va tegishli yo‘nalishlarda ijtimoiy roliklar tayyorlash.

Akademiyadagi tadbirlarni sifatli foto va videosyomkasini ta’minlash, ishlov berish va tayyor mediakontent yaratish.

Foto, video va boshqa mediamahsulotlarni arxivlashtirish, saqlash va xavfsizligini ta’minlash.

Akademiya Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i topshiriqlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish, qilingan ishlar yuzasidan hisobot berib borish.

Akademiya talabalari mediato‘garagi faoliyatiga ko‘maklashish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Nomzod oliy (yoki tugallanmagan oliy) yoki o‘rta (yoki o‘rta-maxsus) ma’lumotga ega bo‘lishi.

18 yoshdan kichik, 40 yoshdan katta bo‘lmasligi.

Operatorlik va montajerlik sohasida tajribaga ega bo‘lishi nomzod uchun afzallik beradi.

O‘z faoliyati sohasida zamonaviy texnikalar va dasturlarda ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Prokuratura organlarida mutaxassis sifatida jalb qilingan xodim sifatida namunaviy shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lish.

Bajariladigan ish muddati: mazkur ish muddati 6 oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: mas’uliyat va professionalizm, tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

Ish vaqti: soat 09:00 dan 18:00 gacha, 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida hujjat (uning ilovasi), mehnat daftarchasi nusxasi, STIR, PINFL ma’lumotnomasi)ni taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati – 2024 yil 28 oktyabr (shu kuni ham).

Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani Rixsili ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: Zenit zavodi).

Dushanba-juma kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha murojaat uchun tel.: 71-202-04-96 (1737); 90-904-30-04.