Derbi universiteti professori bilan uchrashuv

Derbi universiteti professori bilan uchrashuv


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Derbi universitetining (Buyuk Britaniya) jinoyatchilikni tergov qilish sohasi eksperti, professor Rey Bull bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmon Akademiyaning faoliyati, shu jumladan psixologik yondashuvlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va tergovchilarni o‘qitish jarayoniga integratsiya qilinishi hamda kadrlarni tayyorlashda innovatsion usullarni joriy etish jarayonlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida professor Rey Bull tergov va axborot to‘plash uchun samarali so‘roq o‘tkazish prinsiplari (Méndez Principles) haqida batafsil ma’lumot berdi. Ushbu prinsiplar ilm-fan, qonunchilik va etikaga asoslangan bo‘lib, tergovning samaradorligini oshirishga, inson huquqlarini to‘liq himoya qilishga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuvda tomonlar so‘roq va tergov harakatlarining samaradorligini oshirishga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.