Akademiya bakalavriat yo‘nalishining 2- va 3-kurs talabalari hamda magistratura tinglovchilari xalqaro huquq sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri bo‘lgan Jessup xalqaro huquq tanlovida ishtirok etish imkoniyatiga ega. Ushbu tanlovda ishtirok etish orqali talabalar o‘z yuridik bilimlarini xalqaro darajada sinab ko‘rish, hamda o‘z malaka va bilimlarini global miqyosda namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning mustaqil fikrlash, dalillar keltirish va huquqiy himoya qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jessup xalqaro huquq tanlovi talabalar uchun huquqiy bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish, murakkab huquqiy masalalarga innovatsion yechimlar taklif etish imkonini beruvchi nufuzli platformadir. Dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidagi universitetlar ushbu tanlovda faol ishtirok etib, talabalari uchun xalqaro tajriba va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Tanlovda ishtirok etishni istagan bakalavriat yo‘nalishining 2- va 3-kurs talabalari hamda magistratura tinglovchilari joriy yilning 25-oktyabriga qadar quyida keltirilgan so‘rovnomani to‘ldirishlari zarur.