Talabalar kengashi – bu Akademiyaning akademik va ma’muriy masalalarida talabalarning ovozi. Talabalar kengashi talabalarning savollari va muammolarini Akademiya rahbariyatiga yetkazish uchun javobgardir.
Joriy yilning 14 oktyabr kunidan Akademiya talabalari – nomzodlar tomonidan Council Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun o‘z hujjat va dasturlari taqdim etildi.
Nomzodlar joriy yilning 24 oktyabr kunidan boshlab barcha talabalar o‘rtasida o‘z dasturlarini taqdimot qilib, targ‘ibot - tashviqot ishlarini amalga oshirmoqda.
Mazkur jarayonlar 7 kun davomida olib boriladi, so‘ngra nomzodlar o‘rtasida debatlar o‘tkazilib, ularning natijasiga ko‘ra 1 noyabr kuni soat 9:00 dan kechki soat 17:00 ga qadar talabalar o‘rtasida bevosita ovoz berish jarayonlari o‘tkaziladi.
Council Prezidentiga Huquqni muhofaza qilish akademiyasining nomzodlari:
Alijonov Shohjahon Sherzodbek o‘g‘li – “Prokurorlik faoliyati“ 2-bosqich talabasi, guruh sardori |
||
|
||
Kushmakov Rasulbek Toshmatjonovich – “Prokurorlik faoliyati“ 2-bosqich talabasi, guruh sardori
|
||
|
||
Murodullayev Temurbek Hamza o‘g‘li – “Tergov faoliyati” 2-bosqich talabasi, guruh sardori |
||
|
||
Qurbonov Shaxzod O‘rol o‘g‘li – “Tergov faoliyati” 2-bosqich talabasi, guruh sardori |
||
|
||
Toxirov Baxodur Shokirovich “Tergov faoliyati“ 2-bosqich talabasi, guruh sardori |
Talabalardan mazkur saylovda faol bo‘lish hamda munosib nomzodni qo‘llashni so‘rab qolamiz!