Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening

Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish maqsadida izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida Akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutining “Ta’limda boshqaruv” kafedrasi professori, p.f.d. D.Raxmatullayeva hamda mazkur institutning “Personalni boshqarish” kafedrasi mudiri, p.f.f.d. N.Roziqova ishtirokida “Andragogika va kattalar auditoriyasida interaktiv metodlardan foydalanish” mavzusida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda andragogika tushunchasi, andragogika fanining maqsad vazifalari, tamoyillari, kattalar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, kattalar ta’limida qo‘llaniladigan interaktiv metodlar va ularning turlari, mazmun-mohiyati hamda qo‘llash metodikasi haqida batafsil ma’ruza qilindi. Trening davomida qatnashchilarning faol ishtirokida interaktiv metodlarni qo‘llash yuzasidan amaliy mashqlar bajarildi.

Seminar-trening so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.