Yunusobod tumani va Yangiyo‘l shahrida “Xavfsiz hudud” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi

Yunusobod tumani va Yangiyo‘l shahrida “Xavfsiz hudud” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi


Akademiya tomonidan loyiha boshqaruvi asosida dolzarb yo‘nalishlarda turli soha ekspertlarini jalb qilgan holda loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning avgust-oktyabr oylarida Yunusobod tumani va Yangiyo‘l shahrida Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti ko‘magida “Xavfsiz hudud” pilot loyihasi amalga oshirildi. Loyihaning asosiy maqsadi yo‘l-transport hodisalari va transport vositalari tomonidan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, bu jarayonga hamda yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlashga fuqarolarni faol jalb qilishdan iborat.

Loyiha doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida ushbu tumanlardagi yo‘l-transport vaziyatining taqqosiy tahlili o‘tkazildi, bu esa asosiy muammoli hududlarni aniqlab, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga imkon berdi.

Loyihaning yakuniy bosqichida tashabbusni amalga oshirishga katta hissa qo‘shgan eng faol ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlanganlar qatorida qoidabuzarlik holatlarini aniqlash va yo‘l vaziyatini yaxshilash uchun yechimlar taklif etishda faol qatnashgan fuqarolar bor.

“Xavfsiz hudud” loyihasi jamoat xavfsizligini ta’minlashda fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini namoyish etdi hamda yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirish yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarning ahamiyatini ko‘rsatdi.

https://t.me/xavfsiz_hudud_bot