Qo‘shma loyiha doirasida AQSH Davlat departamenti vakillarining Akademiyaga tashrifi

Qo‘shma loyiha doirasida AQSH Davlat departamenti vakillarining Akademiyaga tashrifi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga AQSH Davlat departamenti terororizmga qarshi kurashish byurosining budjet direktori A.Nosir va Markaziy Osiyo bo‘yicha dastur vakili B. Sterns tashrif buyurdi. Tadbirda Akademiya faoliyatiga jalb qilingan ekspert R.Djoys ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar “Mintaqaviy muloqot” XNNT va AQSH Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurash byurosi bilan hamkorlikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida murabbiylik va o‘qitish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek tomonlar kelgusida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun AQSHlik ekspertlar ishtirokida maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari, dasturlarni tashkil etish hamda o‘quv modullarini xorijiy amaliyot asosida takomillashtirish yuzasidan fikr almashdilar.

Tashrif davomida xorijiy hamkorlar Akademiyadagi ta’lim infratuzilmasi hamda ilmiy va ta’lim faoliyatini tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.