Akademiya xodimlari, shu jumladan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Ekspert kengashi a’zolari Agentlikda tashkil etilgan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berishning o‘rni va ta’siri” mavzusidagi xalqaro tadbirda ishtirok etishdi.
Tadbirning birinchi qismida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida o‘tkazilgan “Korrupsiya to‘g‘risidagi xabarlarning O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ta’siri” mavzusida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ishtiroklarga yetkazildi.
Tadbirning ikkinchi qismida yangi ishlab chiqilayotgan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi mazmun-mohiyati bo‘yicha hamda Germaniya va “Transparency International” XNNT tashkiloti ekspertlari tomonidan xabar berish bo‘yicha Yevropa davlatlarida bu boradagi qonunchilikning tadbiq etilishi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbir ishtirokchilarga savollar va takliflarni berish orqali tadqiqot natijalarini hamda O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan qonun loyihasini yanada takomillashtirishga imkon yaratdi.