Akademiya magistraturasining quyidagi mutaxassisliklariga tanlovda ishtirok etgan nomzodlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi ma’lum qilinadi.
Tashqi nomzodlar – “Prokurorlik faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” va “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” hamda “Prokurorlik faoliyati” sirtqi va kechki mutaxassisliklari bo‘yicha;
Ichki nomzodlar – “Prokurorlik faoliyati” (sirtqi) mutaxassisligi bo‘yicha.
Akademiya magistraturasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun Akademiya qabul komissiyasiga joriy yilning 29 noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) Akademiyaning info@proacademy.uz elektron pochtasiga tashqi nomzodlar ariza, ichki nomzodlar esa o‘z arizasiga bevosita rahbarining tavsiyanomasini ilova qilgan holda yuborishi mumkin ekani ma’lum qilinadi.
Barcha nomzodlar uchun ariza namunasi.
Ichki nomzodlar uchun bevosita rahbarining tavsiyanomasi namunasi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlar orqali ham bilib olish mumkin 71-202-04-96 (ichki: 1716 va 1795).