Akademiya tashkil topganligining ikki yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Tergov faoliyatini tashkil qilishga yangicha yondashuvlar: raqamli kriminalistikaning roli” parallel sessiyasi

Akademiya tashkil topganligining ikki yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Tergov faoliyatini tashkil qilishga yangicha yondashuvlar: raqamli kriminalistikaning roli” parallel sessiyasi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil topganligining ikki yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasidagi global chaqiriq va da’vatlar: zamonaviy strategiya va qarorlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Tergov faoliyatini tashkil qilishga yangicha yondashuvlar: raqamli kriminalistikaning roli” parallel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, tinglovchilari va talabalari ishtirok etdi.

Parallel sessiya doirasida BMT GJB, YEXHT, Interpol kabi xalqaro tashkilotlar, Irlandiya, Belarus Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Pokistonning kiberjinoyatchilik va raqamli sud ekspertizasi bo‘linmalari bo‘yicha yetakchi xalqaro va xorijiy ekspertlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat, Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi “Kiberjinoyatchilik markazi” DUK mutaxassislari ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlardan noqonuniy foydalanishga, kiberfiribgarlikka qarshi kurashish, ochiq manbalardan foydalangan holda veb-tahdidlarni tekshirish, raqamli sud ekspertizasini rivojlantirish, elektron dalillardan foydalanish va kiberxavfsizlik sohasida mutaxassislarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Anjuman davomida o‘zaro fikr va ilg‘or tajriba almashildi, ushbu sohadagi dolzarb muammolar muhokama qilindi, ular yuzasidan taklif va tavsiyalar shakllantirildi.