“Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokurorlik nazoratini samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida trening o‘tkazildi

“Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokurorlik nazoratini samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida trening o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining ikki yilligi munosabati bilan tashkil etilgan turkum tadbirlar doirasida YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya ekspertlari ishtirokida “Odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish ustidan prokurorlik nazoratini samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Treningni o‘tkazishdan maqsad prokuratura organlari xodimlarining odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish va sud jarayonining amaliy faoliyatga oid salohiyatini oshirishdan iborat.

Seminar-treningni O‘zbekistan Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Yevgeniy Vyacheslavovich Kolenko va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen o‘zlarining kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

Ikki kunlik tadbir jarayonida prokuratura organlari xodimlari odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish va sud amaliyoti sohasida xorijiy ekspertlar tajribalarini o‘rgandilar va sohaga oid salohiyatlarini oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.