O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor va dots.nt ilmiy unvonini olish uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi.
Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, ta’lim va fan, huquqni qo‘llash va iqtisod sohalarida ulkan ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan olimlar va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Imtihon jarayonida talabgorlarning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqidagi bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etildi.