“Kiberjinoyatlarni tekshirish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

“Kiberjinoyatlarni tekshirish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” xalqaro davra suhbati o‘tkazildi


2024 yilning  22 noyabrida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasidagi global chaqiriq va da’vatlar: zamonaviy strategiya va qarorlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Kiberjinoyatlarni tekshirish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda Belarus Respublikasi Dastlabki tergovni raqamli rivojlantirish bosh boshqarmasi, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining sud-ekspertiza bosh boshqarmasi, Interpol, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, IIV akademiyasi yetakchi mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari va talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida transmilliy SCAM uyushgan guruhlarining jinoiy faoliyati, Darknet tarmog‘ida sodir etilgan jinoyatlar, kiberfiribgarlik, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurash, litsenziyasiz faoliyat yurituvchi kriptobirjalar faoliyatiga oid ma’ruzalar muhokama qilindi.

Jonli munozara shaklida bo‘lib o‘tgan tadbir jarayonida ilg‘or tajriba almashinuvi asosida milliy va xorijiy qonunchilik, shuningdek kiberjinoyatchilikka qarshi sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti tahlil qilindi.